Toshkentning "Bunyodkor" klubi yangi mavsum uchun o'z tarkibini shakllantirishda davom etmoqda.

"Qaldirg'ochlar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, jamoaning yaponiyalik chap qanot himoyachisi Itsuki Urata 2 yillik yangi shartnomaga imzo chekkan. Endi 28 yoshli futbolchi 2027 yil yakuniga qadar toshkentliklar safida qoladi.

Urata o'tgan mavsumda jami 21 ta o'yinda 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: "Bunyodkor" klubi matbuot xizmati