«Bunyodkor» italiyalik darvozabonlar murabbiyi bilan shartnoma imzoladi

Antaliyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazayotgan «Bunyodkor»ning murabbiylar shtabida italiyalik mutaxassis ish boshladi.
Marko Nikodemo — UEFA’ning darvozabonlar murabbiyi bo'yicha «B» litsenziyasi sohibi bo'lgan mutaxassis 2026 yilgi mavsumda jamoada faoliyat olib boradi. U darvozabonlarimizni mavsumga va uchrashuvlarga tayyorlaydi.
Ma'lumot uchun
MARKO NIKODEMO
Tug'ilgan sanasi: 1974 yil 4 avgust
Lavozimi: Darvozabonlar murabbiyi
UEFA «B» litsenziyasi sohibi
Manba: fcbunyodkor.com