Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlagan «Bunyodkor» tarkibni kuchaytirishni boshladi.

Jamoa safiga iqtidorli hujumchi, O'zbekiston U23 terma jamoasi a'zosi Samandar Mavlonqulov kelib qo'shildi. Yosh bo'lishiga qaramasdan Superligada 70 ta o'yin o'tkazishga ulgurgan hujumchi 2026 yilgi mavsumni «Bunyodkor» safida o'tkazadi.

Ma'lumot uchun

SAMANDAR MAVLONQULOV
Tug'ilgan sanasi: 8 mart, 2004 yil
Ampluasi: markaziy hujumchi
O'zbekiston U23 terma jamoasi a'zosi

Manba: fcbunyodkor.com