Bundesliganing eng qimmat 10 ta futbolchisidan etti nafari «Bavariya» vakili — Transfermarkt

Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra Germaniya Bundesligasi bo'yicha yangilangan ma'lumotlarni taqdim etdi. Kutilganidek, o'ninchi bor chempionlikni qo'lga kiritgan Myunxenning «Bavariya» klubi yuqori o'ntalikda mutlaq ustunlik qilmoqda.
Reytingning birinchi pog'onasini «Bavariya» vingeri Maykl Olise egallab turibdi, uning qiymati 150 mln evroga baholangan. Ikkinchi o'rinda uning jamoadoshi Jamal Musiala (100 mln evro) joylashgan bo'lsa, kuchli uchlikni «RB Leyptsig» hujumchisi Yan Diomande (90 mln evro) yakunlab bergan.
Bundesliganing eng qimmat futbolchilari top-10 taligi (27 may, 2026 yil):
Maykl Olise («Bavariya») — € 150 mln.
Djamal Musiala («Bavariya») — € 100 mln.
Yan Diomande («RB Leyptsig») — € 90 mln.
Aleksandar Pavlovich («Bavariya») — € 90 mln.
Deotshankyul Upamekano («Bavariya») — € 70 mln.
Luis Dias («Bavariya») — € 70 mln.
Lennart Karl («Bavariya») — € 60 mln.
Luka Vushkovich («Gamburg») — € 60 mln.
Xarri Keyn («Bavariya») — € 60 mln.
Niko Shlotterbek («Borussiya» Dortmund) — € 55 mln.
Ro'yxatdan ko'rinib turibdiki, «Bavariya» nafaqat maydonda, balki futbolchilarning bozor qiymati bo'yicha ham Germaniyada yaqqol etakchilikni saqlab qolmoqda. «Gamburg» vakili Luka Vushkovichning sakkizinchi o'rinda qayd etilishi esa joriy mavsumning eng kutilmagan yangiliklaridan biri bo'ldi.