Bundesligada narxi eng ko'p yuqorilagan futbolchi nomi ma'lum bo'ldi

Nufuzli "Transfermarkt" portali mutaxassislari Germaniya chempionatidagi ayrim futbolchilarning narxini yangiladi. Eng qimmatlashgan futbolchi "Bavariya" va Frantsiya terma jamoasi vingeri Maykl Olise bo'ldi. Uning narxi 30 millionga oshib, 130 million evroga etdi.
Ikkinchi o'rinda "Ayntraxt" hujumkor yarim himoyachisi Jan Uzun bormoqda. U 27 million evroga qimmatlashdi va endi 45 millionga baholanmoqda.
Uchlikka narxlari 18,5 million evroga ko'tarilgan ikki futbolchi yakun yasadi. Ular "RB Leyptsig"dan Yan Diomande va "Bavariya"dan Lennart Karl. Ular endi 20 million evroga baholanmoqda. Ikkala futbolchining narxlari 1233,3% ga oshdi!