«Shtutgart» klubi o'z safida hujumchi Deniz Undavni saqlab qolishga harakat qilmoqda. Mart oyida 29 yoshli Undav Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritgan edi.

Hozirda Undavning shartnomasi bo'yicha muzokaralar dastlabki bosqichda turibdi. Sky Germany nashrining xabar berishicha, futbolchining vakillari o'z mijozining maoshini 6 million evrogacha oshirishni talab qilishmoqda.

«Shtutgart» tarixida biror bir o'yinchi hali bunchalik katta maosh olmagan. Ayni damda terma jamoa a'zosi hisoblangan Undav taxminan 4,5 million evro maosh olmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilda o'z nihoyasiga etadi.

Joriy mavsumda Undav klub miqyosidagi 39 ta o'yinda 23 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali talqiniga ko'ra, uning bozor qiymati 22 million evroni tashkil qiladi.