Bundesliga klubi "Arsenal" yarim himoyachisi transferini e'lon qildi

Londonning "Arsenal" klubi o'zining rasmiy sayti orqali portugaliyalik yarim himoyachi Fabiu Vieyraning Germaniyaning "Gamburg" klubiga ijaraga berilganini e'lon qildi.
Mehnat shartnomasi bir mavsumga mo'ljallangan bo'lib, Bundesliga klubi ijara muddati tugagach, futbolchini sotib olish huquqini qo'lga kiritdi.
Vieyra 2022 yilda "Portu"dan "Arsenal"ga o'tgan, ammo Angliyada asosiy tarkibga kira olmagan. O'tgan mavsumni ham futbolchi ijara asosida sobiq jamoasida o'tkazdi.