Dortmundning "Borussiya" klubi o'z maydonida Bundesliga 4-turi doirasida "Volfsburg"ni mag'lub etdi - 1:0.

O'yin taqdirini hal qilgan golga Karim Adeyemi mualliflik qildi.

"Borussiya" ochkolarini 10 taga etkazib, musobaqa jadvalida 2-o'rinda bormoqda. "Volfsburg" 5 ochko bilan 11-pog'onada bormoqda.

Bundesliga, 4-tur
Borussiya D - Volfsburg - 1:0
21 sentyabr, 22:30, «Signal Iduna Park»

Gol: Adeyemi, 20 (1:0)

Borussiya D: Kobel, Anton, Bensebaini, Shlotterbek, Nmecha (Bellingem, 77), Zabittser (Ozdjan, 90+2), Svensson, Ryuerson, Bayer (Chukvuemeka, 65), Adeyemi (Brandt, 77), Girassi

Volfsburg: Grabara, Kulierakis, Yents, Mele (Peychinovich, 81), Fisher, Souza (Eriksen, 60), Arnold, Mayer (Svanberg, 60), Vimmer (Vinn, 73), Skov Olsen (Dagim, 46), Amura

Ogohlantirishlar: Bensebaini, 5

Manba: www.stadion.uz.