Dortmundning "Borussiya" klubi Germaniya chempionatining 19-turida "Union" mehmoni bo'lib, yirik hisobda g'alaba qozondi - 3:0.

Gollarga Emre Jan (penalti), Niko Shlotterbek va Maksimilian Bayer mualliflik qildi.

"Borussiya" Bundesligada ketma-ket uchinchi g'alabani qo'lga kiritdi. Klub ochkolarini 42taga etkazib, 2-o'rinda bormoqda.

"Union" 24 ochko bilan to'qqizinchi o'rinda bormoqda.

Union - Borussiya Dortmund - 0:3

Gollar: Emre Djan, 10 - penaltidan (0:1). Shlotterbek, 53 (0:2). Bayer, 84 (0:3)

Union B: Rennov, Kverfeld, Diogu Leyte (Shefer, 76), Duki, Kemlyayn (Berk, 76), Xedira, Yuranovich (Nsoki, 66), Xaberer (Trimmel, 86), Chon U En, Ilich, Ansa (Burdju, 66)

Borussiya D: Kobel, Anton, Shlotterbek, Emre Djan (Anselmino, 69), Bellingem, Nmecha, Svensson, Ryuerson, Silva (Chukvuemeka, 79), Bayer, Girassi

Ogohlantirishlar: Emre Djan, 59

Manba: www.stadion.uz.