Bundesliga. «Borussiya» D qo'shib berilgan daqiqalarda ikkita gol urib, «Shtutgart»ni mag'lub etdi

Dortmundning «Borussiya» klubi Germaniya chempionatining 28-turi doirasida safarda «Shtutgart»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv «MXP-Arena» stadionida bo'lib o'tdi.
O'yindagi gollarni 90+4-daqiqada Karim Adeyemi va 90+6-daqiqada Yulian Brandt kiritishdi.
Ushbu g'alabadan so'ng «Borussiya» 64 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi, «Shtutgart» (53 ochko) esa uchinchi pog'onada bormoqda. Dortmund jamoasi qatorasiga to'rtinchi o'yinda g'alaba qozondi.
Keyingi turda dortmundliklar 11 aprel kuni «Bayer» bilan kuch sinashadilar, «Shtutgart» esa 12 aprel kuni «Gamburg»ni qabul qiladi.
Germaniya Bundesligasi. 28-tur
04.04.2026 | 21:30
«MHPArena», Shtutgart
«ShTUTGART» — «BORUSSIYa D» — 0:2
Gollar: Karim Adeyemi 90+4’ (0:1), Yulian Brandt 90+6’ (0:2).
«Shtutgart»: Aleksandr Nyubel, Jeff Shabo, Xendriks, Elch, Anjelo Shtiller (Andres, 88), Atakan Karazor, Maksimilian Mittelshtedt (Ermedin Demirovich, 88), Lorents Assinon (Bilol El-Xannus, 72), Kris Fyurix (Jeymi Leveling, 69), Narti (Tiagu Tomash, 72), Deniz Undav.
«Borussiya D»: Gregor Kobel, Niko Shlotterbek, Rami Bensebaini, Valdemar Anton, Job Bellingem, Karni Chukvuemeka (Silva, 64), Marsel Zabittser, Svensson, Yulian Ryuerson, Seru Girassi (Karim Adeyemi, 64), Maksimilian Bayer (Yulian Brandt, 72).
Ogohlantirishlar: Karni Chukvuemeka (29), Xendriks (65), Marsel Zabittser (71), Karim Adeyemi (80), Atakan Karazor (90), Yulian Ryuerson (90).
Bosh hakam: Robert Shreder (Germaniya)