Germaniya chempionatining 2-turida “Bavariya” safarda “Augsburg”ga qarshi o'ynadi.

Gollarga boy kechgan o'yinda Myunxen klubi 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Vinsen Kompani jamoasi safida gollar Gnabri, Dias va Olise hisobiga yozildi.

Shu tariqa, “Bavariya” ochkolari sonini 6taga etkazib, peshqadamga aylanib oldi. “Augsburg” 3 ochkoga ega.

Bundesliga. 2-tur

“Augsburg” – “Bavariya” 2:3e

Gollar: Yakich 53, Kyomyur 76 – Gnabri 28, Dias 45+4, Olise 48