"Bavariya" o'z maydonida Germaniya Bundesligasining 12-turida "Sankt-Pauli"ni mag'lub etdi - 3:1.

Uchrashuvning 6-daqiqasida mehmonlar forvardi Andrea Untonji hisobni ochdi. Myunxenliklar 44-daqiqada Rafael Gerreyruning goli evaziga javob qaytardi. 90+3-daqiqada mezbonlar Luis Diasning goli evaziga oldiga chiqib olgan bo'lsa, oradan 4 daqiqa o'tib Nikolas Jekson yakuniy hisobni o'rnatdi.

"Bavariya" 34 ochko bilan Bundesligada peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Sankt-Pauli" (7) Germaniya chempionatida qatorasiga 9-mag'lubiyatini qabul qilib oldi va 17-o'rinda bormoqda.

Parallel o'yinlarda "Xoffenxaym" "Augsburg"ni yirik hisobda mag'lub etdi (3:0), "Union" "Xaydenxaym"ga yutqazdi (1:2), "Verder" va "Kyoln" durang o'ynadi (1:1).

Bundesliga. 12-tur

29 noyabr, 19:30

Bavariya - Sankt-Pauli - 3:1

Gollar: Untondji, 6 (0:1). Rafael Gerreyru, 44 (1:1). Dias, 90+3 (2:1). Djekson, 90+6 (3:1)

Bavariya: Noyer, Kim Min Dje (Goretska, 77), Ta, Bishof, Laymer (Olise, 46), Kimmix, Pavlovich (Djekson, 83), Rafael Gerreyru (Stanishich, 65), Dias, Karl (Gnabri, 65), Keyn

Sankt-Pauli: Vasil, Smit, Mets, Val, Sends, Ritska (Oppi, 68), Piirka, Irvayn (Sisey, 68), Fudzita, Untondji (Sinani, 18), Pereyra Laj (Metkalf, 87)

Ogohlantirishlar: Ta, 83 - Mets, 39

Manba: www.stadion.uz.