"Bavariya" o'z maydonida Germaniya chempionatining 1-turida "Leyptsig"ni yirik hisobda mag'lub etdi - 6:0.

Xarri Keyn xet-trik, Maykl Olise esa dubl amalga oshirdi. Gol va ikkita assist Luis Dias hisobiga yozildi, Serj Gnabri 2 ta assist muallifi bo'ldi.

"Bavariya" ikkinchi turda 30 avgust kuni "Augsburg" mehmoni bo'ladi. "Leyptsig" 30 avgust kuni "Xaydenxaym"ni qabul qiladi.

Manba: www.stadion.uz.