Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Gabriel dos Santos 15 yoshli jamoadoshi Maks Douman haqida gapirdi.

Yosh vinger "Lids"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushib, Premer-liga tarixidagi ikkinchi eng yosh debyutantga aylandi.

"Douman - fantastik o'yinchi. Men bunaqasini hech qachon ko'rmaganman. U aql bovar qilmas, atigi 15 yoshda. Bu aqlsizlik!" - dedi Gabriel Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Maks Douman "kanonirlar"ning asosiy jamoasi safida jami uchta o'yin o'tkazdi.