«Bugun transferni e'lon qilamiz». «Barselona» prezidenti yangi futbolchi kelishi haqida ma'lum qildi

«Barselona» prezidenti Joan Laporta klub Dortmundning «Borussiya»si bilan germaniyalik qanot hujumchisi Karim Adeyemi transferi bo'yicha kelishuvga erishganini tasdiqladi.
«Bugun Karim Adeyemining transferini rasman e'lon qilamiz», — dedi Laporta. Uning so'zlarini jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida keltirdi.
Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, kataloniyaliklar 24 yoshli futbolchi uchun 22 million evro kafolatlangan mablag' to'laydi. Bundan tashqari, bonuslar ko'rinishida yana 7 million evro to'lanishi mumkin. Futbolchi «ko'k-anorranglilar» bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
O'tgan mavsumda Adeyemi barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, germaniyalik futbolchining bozor qiymati 40 million evroga teng.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar