Bugun Shomurodov yana o'zini ko'rsatishi kerak

Bugun, 7 noyabr kuni Turkiya chempionati 12-turida hamyurtimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Istanbul Bashakshehir" safarda "Genlerbirligi" klubi mehmoni bo'ladi.
Toshkent vaqti bilan 22:00'da start oladigan o'yinda Turkiya chempionati to'purarlar jadvalida peshqadamlik qilayotgan hamyurtimiz o'z ustunligini oshirishga harakat qiladi.
Istanbulliklar safidagi yana bir hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev jarohat sabab uchrashuvni o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Turkiya chempionati. 12-tur
7 noyabr, juma, 22:00
Genlerbirligi - Istanbul Bashakshehir