Turkiya chempionatida bugun o'zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev harakat qilayotgan "Istanbul Bashakshehir" "Trabzonspor"ni qabul qiladi.

Shomurodov to'purarlar jadvalidagi asosiy raqobatchisi Pol Onuachu bilan qarama-qarshilikda ishtirok etadi.

Jarohatidan forig' bo'lgan Abbosbek Fayzullaev ham bugun maydonda ko'rinish berishi mumkin.

Turkiya chempionati. 13-tur
24 noyabr, 22:00. «Fotih Terim» stadioni
Bashakshehir - Trabzonspor

Manba: www.stadion.uz.