Bugun, 5 may kuni Saudiya Arabistoni maydonlarida futbol bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi navbatdagi Osiyo kubogi (U-17) bahslariga start beriladi. Qit'a birinchiligining ilk kunida "A" va "B" guruhi vakillari ishtirokida jami to'rtta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Kun taqvimidan quyidagi bahslar o'rin olgan:

"B" guruhi:

  • 21:00. Yaponiya — Qatar

  • 21:30. Indoneziya — Xitoy

"A" guruhi:

  • 22:00. Saudiya Arabistoni — Myanma

  • 22:30. Tojikiston — Tailand

E'tiborli jihati, OFK ushbu musobaqaning guruh bosqichi translyatsiyasi bo'yicha kutilmagan qaror qabul qilgan. Ma'lum qilinishicha, guruh o'yinlari to'liq professional tele-translyatsiya qilinmaydi va bahslar faqatgina bitta kamera orqali OFKning YouTube’dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatiladi. Professional ko'p kamerali translyatsiyalar esa pley-off bosqichidan boshlab yo'lga qo'yilishi rejalashtirilgan.