Bugun qur'a! O'zbekiston U17 terma jamoasi JCh qur'asida 2-savatdan o'rin oldi

Bugun 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Tadbir Tsyurix shahrida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-17 terma jamoasi qur'aning 2-savatchasidan o'rin oldi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U17 jamoasi Osiyo chempionatida yarim finalgacha etib borib, JCh yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.
Musobaqa 2026 yilning 19 noyabridan 13 dekabrigacha Qatar maydonlarida bo'lib o'tadi. Unda 48 ta terma jamoa 12 guruhga bo'lingan holda Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan