Bugun O'zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o'ynaydi

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida bugun so'nggi nazorat o'yinida maydonga tushadi.
"Oq Bo'rilar"ning bugungi raqibi Evropaning eng kuchli terma jamoalaridan biri Niderlandiya bo'ladi.
Nyu-Yorkdagi «Icahn Stadium»da bo'lib o'tadigan bahs Toshkent vaqti bilan 23:45'da start oladi va ZO'R TV orqali jonli namoyish etiladi.
Manba: www.stadion.uz.