Bugun, 31 mart kuni Evropada JCh-2026 saralashining hal qiluvchi final pley-off o'yinlari bo'lib o'tadi. Ushbu kun dasturidan to'rtta uchrashuv o'rin olgan.

Evropada JCh-2026 saralashi doirasidagi pley-off o'yinlari jadvali (Toshkent vaqti bilan):

  • 23:45. Chexiya — Daniya;

  • 23:45. Kosovo — Turkiya;

  • 23:45. Shvetsiya — Polsha;

  • 23:45. Bosniya va Gertsegovina — Italiya.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati — 2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSh, Meksika va Kanada maydonlarida bo'lib o'tadi.

Ayni damdagi amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022 yilgi turnir finalida Argentina milliy jamoasi Frantsiya bilan to'qnash kelgan edi. O'yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, biroq penaltilar seriyasida argentinaliklar 4:2 hisobida g'alaba qozonishgan.