Italiyalik mashhur darvozabon Janluidji Buffonning o'g'li Lui Buffon Chexiya U-19 terma jamoasi safida kecha Evropa chempionati saralashi doirasida Ozarbayjonga qarshi o'yinda maydonga tushdi.

17 yoshli Buffon hujumchi hisoblanadi. U mazkur bahsda xet-trik muallifi bo'ldi.

Lui Buffonning onasi chex. U aynan ushbu mamlakat sharafini himoya qilishni tanlagan. Klub miqyosida Lui Buffon Italiyaning "Piza" jamoasi sharafini himoya qiladi.

Manba: www.stadion.uz.