"Bu yigit - yulduz": Karrager "Chelsi"ning yosh futbolchisiga qoyil qoldi

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager "Chelsi"ning 18 yoshli vingeri Estevao Villianning o'yinidan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Chorshanba kuni braziliyalik futbolchi Chempionlar Ligasidagi ilk golini urdi - u "Ayaks"ga qarshi bahsda (5:1) penaltini aniq amalga oshirdi.
"Bu yigit - yulduz. O'ylaymanki, u juda yaxshi bo'ladi. Ajoyib penalti, klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi ajoyib o'yin. Ehtimol, "Chelsi" nihoyat kichkina marvaridni topgandir," - dedi Jeymi Karrager o'yin tugagach CBS studiyasida.
Estevao "Chelsi" safida joriy yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda. Ilgari u "Palmeyras" sharafini himoya qilgan.