«Bu uning so'nggi imkoniyati edi»: Maks Eberl Gnabrining jarohati haqida afsus bilan gapirdi

«Bavariya» hujumkor yarim himoyachisi Serj Gnabri jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqdi. 30 yoshli futbolchi mushaklarining yirtilishi tufayli uch oydan ko'proq vaqtni o'tkazib yuborishi mumkin — uning bo'lajak jahon chempionatidagi ishtiroki deyarli istisno qilinmoqda.
«Serj xotirjam, lekin albatta, hafsalasi pir bo'lgan. Yoshing 30-31 da bo'lganida, ehtimol, oldingda faqat bitta jahon chempionati qolgan bo'ladi. Gnabri yana qancha o'ynashini bilmayman, lekin bu uning [JChda qatnashish uchun] so'nggi imkoniyati bo'lgan bo'lishi mumkin. Mana nimasi dramatik», — deya «Bavariya» sport bo'limi rahbari Maks Eberlning so'zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.
Serj Gnabri Germaniya terma jamoasi safida 59 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining milliy jamoadagi debyuti 2016 yilda bo'lib o'tgan edi.