Shanba kuni Lamin Yamal faoliyatidagi ilk xet-trikni qayd etdi. Yulduz vinger Ispaniya La Ligasi doirasida "Barselona" o'z maydonida "Vilyarreal"ni 4:1 hisobida mag'lub etgan o'yinda raqib darvozasini uch bor ishg'ol qildi.

Odatda futbolchilar bunday unutilmas o'yinlardan so'ng esdalik uchun to'pni o'zlari bilan olib ketishadi — Yamal ham shunday qildi. 18 yoshli futbolchidan to'pni nima qilishi haqida so'rashdi:

— Xet-trik qayd etgan to'pingizni nima qilmoqchisiz?

— Uni onamga sovg'a qilaman, — dedi Yamal o'yindan keyingi intervyusida.

Shu tariqa, Lamin Yamalning onasi Sheyla Ebana yaqin vaqt ichida o'g'lidan maxsus sovg'a qabul qilib oladigan bo'ldi.