"Bu haqiqat". Messi va Ronalduning bir klubda o'ynash sharti aytildi

«Manchester Yunayted» klubining sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning «Inter Mayami»da birga to'p surishini amalga oshishi mumkin bo'lgan voqea deb hisoblaydi.
«Agar buni barcha tomonlar — Messi, "Inter Mayami" va Ronalduning o'zi istasa, demak, qanday muammo bo'lishi mumkin? Messi va Ronalduning bir jamoada o'ynashi — bu reallik», — dedi Kanchelskis.
Ta'kidlab o'tish joizki, so'nggi yillarda Messi Amerikaning «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda, Ronaldu esa Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasida to'p surmoqda. Argentinalik yulduz faoliyati davomida sakkiz marta «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan bo'lsa, portugaliyalik hujumchida bu sovrin beshtani tashkil etadi.