«Bu futbol uchun sharmandalik». Rade Bogdanovich Ronalduning JCh–2026dagi ishtiroki haqida fikr bildirdi

Yugoslaviya terma jamoasi va Madridning «Atletiko» klubi sobiq hujumchisi Rade Bogdanovich Portugaliya terma jamoasi hamda «An-Nasr» klubining 41 yoshli forvardi Krishtianu Ronalduning 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokini tanqid qildi.
«Menimcha, Ronalduning jahon chempionatida ishtirok etishi futbol uchun sharmandalikdir. U zo'rg'a yuribdi. Homiylar va federatsiya uni faqat nomi tufayli ilgari surishdi.
U tayyor emas. Agar men Ronalduning o'rnida bo'lganimda, uyalib ketardim. U go'yo nafaqaxo'rlar ligasidan kelgandek ko'rinmoqda. Inson qachon ketish va qachon xayrlashish kerakligini bilishi lozim.
Unga qarab achinarli bo'ladi, axir u 40 yoshdan oshgan. Men unga nisbatan yuksak hurmatdaman, ammo, bolam, sen asosiy tarkibda o'ynashi mumkin bo'lgan 20 yoshli yigitning o'rnini egallab turibsan. Martines terma jamoada etarli obro'ga ega emasligini ko'rganimda, Portugaliyaning guruh bosqichidayoq musobaqani tark etishini istayman», — dedi Bogdanovich. Uning so'zlarini RTS keltirmoqda.