Chorshanba oqshomida bo'lib o'tadigan EChL umumiy bosqichi 4-turidan o'rin olgan “Bryugge” hamda “Barselona” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga Angliyalik mashhur hakam Entoni Teylor bosh hakam etib tayinlandi.

Uchrashuvda VAR tizimida ish olib boruvchi hakam sifatida yana bir angliyalik muttaxassis — Styuart Atvell faoliyat ko'rsatadi.

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.