APL mavsumning eng yaxshi o'yinchisi nomiga nomzodlarni e'lon qildi. Mukofot uchun 8 nafar futbolchi kurash olib boradi. G'olib muxlislar va ekspertlar o'rtasidagi ovoz berish yo'li bilan aniqlanadi. Ovoz berish 18 maygacha davom etadi.

Nomzodlar ro'yxati:

Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») – 8 ta gol, 19 ta assist;

Gabriel Magalyaes («Arsenal») – 3 ta gol, 4 ta assist;

Morgan Gibbs-Uayt («Nottingem Forest») – 13 ta gol, 4 ta assist;

Erling Xoland («Manchester Siti») – 26 ta gol, 8 ta assist;

David Rayya («Arsenal») – 18 ta quruq o'yin;

Deklan Rays («Arsenal») – 4 ta gol, 5 ta assist;

Antuan Semeno («Manchester Siti» / «Bornmut») – 16 ta gol, 4 ta assist;

Igor Tiago («Brentford») – 22 ta gol, 1 ta assist.