"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh Saudiya Arabistoni klublaridan biriga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Kuni kecha "qizil iblislar" yulduzli yarim himoyachisini kelasi yozda katta mablag' evaziga Saudiya Arabistoni klubiga sotishga tayyorligi haqida xabarlar tarqaldi.

"Saudiya Arabistonidan qiziqish? Bularning hammasida zarracha bo'lsa-da, haqiqat bormi-yo'qmi, bilmayman. Shunchaki hozirgi kunimdan zavqlanishni istayman, hozir barcha fikrlarim Portugaliya terma jamoasi bilan bog'liq. Qachondir u erda [Saudiya Arabistonida] o'ynashimni bilmayman, keyingi yil "Manchester Yunayted"da o'ynashda davom etamanmi? Xozir qaerda bo'lsam, o'sha erda baxtliman," - dedi 31 yoshli futbolchi matbuot anjumanida.

Fernandeshning "MYu" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.