Brunu Fernandesh Runining ajoyib natijasini takrorladi

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh yana bir bor golli uzatma amalga oshirdi. Yakshanba kuni portugaliyalik futbolchi "qizil iblislar"ga mehmonda "Arsenal" ustidan kutilmagan g'alabani qo'lga kiritishda yordam berdi (3:2) va 50-daqiqada Patrik Dorguga assistentlik qildi. Premer-liganing joriy mavsumida Fernandesh o'nta golli uzatmani amalga oshirdi. Opta xabariga ko'ra, 31 yoshli portugaliyalik "MYu" vakili Ueyn Runidan keyin APLning ketma-ket ikki mavsumida 10+ golli uzatma amalga oshirgan ilk futbolchiga aylandi.
"Manchester Yunayted" chempionat jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Kelasi yakshanba, 1 fevral kuni Maykl Kerrik jamoasi o'z uyida "Fulxem"ni qabul qiladi.