Brunu Fernandesh Roy Kin va Gari Nevill tanqidlariga javob berdi

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh o'zining etakchilik sifati haqida bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Avvalroq Roy Kin va Gari Nevill portugaliyalik futbolchining jamoadagi etakchi sifatiga shubha bilan qarayotgani haqida fikr bildirgan edi.
«Men odamlar haqida ularni yaxshi bilmaguncha xulosa chiqarmayman», — deya Fernandeshning so'zlarini BBC keltiradi.
Shu bilan birga, futbolchi o'z xatti-harakatlarini boshqalarning fikriga qarab o'zgartirmasligini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted»ning eng samarali o'yinchisiga aylangandi — u 19 ta gol urib, 18 ta golli uzatma bergan.