Brunu Fernandesh: "Ronaldu bosimga qanday munosabatda bo'lishni biladi"

"Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandeu Chempionlar ligasi finalida hal qiluvchi penaltini tepish uchun kimga ishonishi haqidagi savolga javob berdi.
"Bu oson - Krishtianu Ronaldu. Futboldagi ko'pchilik uni tanlaydi deb o'ylayman. U bosimga qanday munosabatda bo'lishini 20 yil davomida yuqori saviyada o'ynab, yildan-yilga yuqori raqamlarni ko'rsatmoqda. Bilasizmi, qachon bosim bo'lsa, u borini beradi", - dedi Fernandesh Manchester Evening News bilan suhbatda.
Sentyabr oyida Portugaliya terma jamoasi JCh-2026 saralashida Armaniston (5:0) va Vengriya (3:2) termalarini mag'lub etdi.