Brunu Fernandesh: «Ronaldino futboldagi birinchi muhabbatim edi, unda hamma narsa bor edi»

"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh braziliyalik afsonaviy sobiq yarimhimoyachi Ronaldino haqida fikr bildirdi va uni futboldagi birinchi muhabbati deb atadi.
«Ronaldino, aslida, futboldagi birinchi muhabbatim edi. U shunchaki barchani futboldan zavq olishga, futbolni sevishga majbur qilardi. Uning o'yinini tomosha qilish juda maroqli edi — u doim yuzida tabassum bilan maydondagi barcha ishini bajarardi. Bu haqiqiy xursandchilik edi. Yosh futbolchi sifatida men eng ko'p ko'rishni xohlagan narsa — aynan shu edi: u to'pni qabul qilib, barcha ishni samarali bajarardi va shu bilan birga mehribon, ulkan iste'dod sohibi bo'lib qolardi. Unda hamma narsa bor edi», — deya Fernandeshning so'zlarini EuroFoot keltirmoqda.
Manba: championat.com