Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted" safida yubiley o'yinini o'tkazdi.

Portugaliyalik futbolchi APLning 9-turidan o'rin olgan "Brayton"ga (4:2) qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

Bu o'yin Brununing "MYu" safidagi 300-o'yini bo'ldi. Yarim himoyachi jamoaga 2020 yilning qishida "Sporting"dan o'tgan edi.

Brunu mankunianliklar tarkibida Angliya kubogi va Angliya liga kubogini qo'lga kiritdi.