Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted»dagi kelajagi bo'yicha bir qarorga keldi

«Manchester Yunayted»ning maydon markazidagi etakchisi Brunu Fernandesh jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga keldi. Daily Express bergan ma'lumotga ko'ra, portugaliyalik yarim himoyachi «qizil iblislar» safida o'yinlarini davom ettirishga qaror qildi.
Manbaning ta'kidlashicha, 31 yoshli futbolchi tez orada o'z qarorini tasdiqlaydi. Brunu va mankunianliklar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati keyingi yilning yozida tugaydi.
Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumida Fernandesh 35 ta o'yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi o'z hisobiga 9 ta gol va 21 ta golli uzatma yozib qo'ydi.
«MYu» chempionatni uchinchi o'rinda yakunladi va UEFA Chempionlar Ligasining umumiy bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar