Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted»da afsonaviy Van Persining natijasini takrorladi

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh Angliya Premer-ligasi doirasidagi «Brentford»ga qarshi o'yinda navbatdagi samarali harakatini amalga oshirdi. Portugaliyalik futbolchining ushbu bahsda bergan golli uzatmasi unga nafaqat Krishtianu Ronaldu bilan tenglashish, balki tarixiy natijani qayd etish imkonini berdi.
Gap shundaki, Fernandesh APL doirasida ketma-ket ettita o'yindan beri maydonni gol yoki golli pas bilan tark etmoqda. «Manchester Yunayted» futbolchilari orasida bunday uzoq davom etgan mahsuldorlik seriyasi oxirgi marta 2012/2013 yilgi mavsumda — ser Aleks Fergyusonning xayrullashuv yilida Robin van Persi tomonidan qayd etilgan edi.
«Qizil iblislar» navbatdagi turda «Liverpul»ga qarshi printsipial bahsda maydonga tushishadi. Agar Brunu ushbu o'yinda ham gol yoki pas muallifiga aylansa, Fergyuson davridan keyingi mutlaq rekordchiga aylanadi.