"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Premer-liganing joriy mavsumida o'nta assist qayd etdi.

Portugaliyalik o'zining o'ninchi golli uzatmasini yakshanba kuni "Arsenal"ga qarshi kechgan va "qizil iblislar"ning 3:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan o'yinda amalga oshirdi. Bungacha faqatgina "Bavariya" vakili Maykl Olise joriy mavsumda Evropaning beshta etakchi ligasida 10+ assist amalga oshirgandi. Hozirda frantsiyalik futbolchi Bundesligada 14ta assistga erishgan.

Assistentlar reytingida uchinchi o'rinda o'sha "Bavariya"dan Luis Dias (9), keyingi o'rinda "Barselona"dan Lamin Yamal (8) bor.