Bruno Jenezio «Lill»ni tark etishga yaqin

Frantsiyalik mutaxassis Bruno Jenezio katta ehtimol bilan «Lill» bosh murabbiyligidan ketadi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Ayni damda «Lill» Frantsiya Ligi 1 turnir jadvalida 61 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda va Chempionlar Ligasi yo'llanmasiga juda yaqin. Shunga qaramay, Jenezio klub bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakunlanishini va uni uzaytirish bo'yicha hozircha ma'lumot yo'qligini tasdiqlagan.
Bruno Jenezioning faoliyatini «Marsel» yoki «Nitstsa» klublarida davom ettirishi mumkin.