Britaniya Bosh vaziri «Arsenal»ning 22 yil deganda qo'lga kiritgan chempionligi haqida gapirdi

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer o'zi muxlislik qiladigan «Arsenal» klubini APLdagi chempionlik unvoni bilan tabrikladi.
«Arsenal» uchun 22 yillik uzoq kutish. Ammo nihoyat biz o'zimizga tegishli bo'lgan joyga qaytdik. Chempionlar!» – deb yozdi Starmer.