"Brentford" yarim himoyachisiga grand klublar qiziqqan

"Brentford"ning markaziy yarim himoyachisi Egor Yarmolyuk yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.
Caught Offside ma'lumotlariga ko'ra, unga Premer-liganing ikkita klubi qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko'ra, ukrainalik yarim himoyachiga "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirgan.
Ular 2026 yilda "Brentford" bilan muzokaralarni boshlashlari mumkin.