«Brentford» «Lans» yarim himoyachisi Mamadu Sangare bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. L'Équipe xabariga ko'ra, Angliya klubi muzokaralarning yakuniy bosqichida va transfer summasi taxminan 48 million evroni tashkil etishi mumkin.

Agar bitim amalga oshsa, 24 yoshli malilik futbolchi «Lans» tarixidagi eng qimmat sotilgan o'yinchiga aylanadi. Amaldagi rekord Loi Opendaga tegishli bo'lib, u 2023 yilning yozida 40 million evro evaziga «RB Leyptsig»ga o'tgan edi.

Sangare o'tgan mavsumning asosiy kashfiyotlaridan biri bo'ldi va 33 ta o'yinda 3 ta gol urib, 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi. «Lans» yarim himoyachini o'tgan yozda Venaning «Rapid» klubidan 5 million evroga sotib olgan edi.

Tomonlar o'rtasida hali yakuniy kelishuvga erishilgani yo'q. Futbolchiga «Kristal Pelas» ham qiziqish bildirmoqda va raqibining taklifini ortda qoldirishga harakat qilib ko'rishi mumkin.

Manba: Stadion.uz