"Brentford"ning yangi xaridi o'zini oqlashni boshladi

Ayni damda "Brentford" "Aston Villa"ni qabul qilmoqda.
Angliya chempionatining yangi mavsumi ikkinchi turidan o'rin olgan o'yin bo'lib o'tmoqda. "Brentford"ga endigina kelib qo'shilgan Dango Uattara birinchi bo'limda villaliklar darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.
Bu uning yangi klubidagi ilk o'yini edi.
Qayd etish kerakki, Uattara Premer-ligaga yaxshi moslasha oldi. Avvalroq u "Bornmut"da o'ynagan.