Bremer terma jamoaga qaytganidan xursand

"Yuventus" himoyachisi Gleyson Bremer Braziliya terma jamoasiga qaytdi.
Markaziy himoyachi Frantsiya va Xorvatiyaga qarshi bo'lajak o'rtoqlik o'yinlari uchun qaydnomaga kiritildi.
"Deyarli ikki yildan so'ng Braziliya terma jamoasiga qaytganimdan nihoyatda xursandman.
Faoliyatimda ko'plab qiyin damlarni boshdan kechirdim - tizzamdan jiddiy jarohat oldim, keyin operatsiya qilindim - lekin men har doim tarkibga qaytish va Jahon chempionatiga chiqish uchun kurashish umidida edim", dedi futbolchi.