Bremer Spallettining jamoa bilan munosabati haqida gapirib berdi

Turinning «Yuventus» klubi braziliyalik himoyachisi Gleyson Bremer jamoa ustozi Luchano Spalletti bilan bo'lgan munosabatlari haqida fikr bildirdi.
«U talabchan, ammo shu bilan birga jamoaga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'ladi. U o'sish va rivojlanishdan juda xursand bo'ladi. Biz hozir unchalik oson bo'lmagan davrlardan so'ng to'g'ri yo'ldamiz», – deya Bremerning so'zlaridan iqtibos keltiradi Juvenews.eu nashri.
Eslatib o'tamiz, Turinning «Yuventus» jamoasi shanba kuni «Sassuolo» bilan durang o'ynadi va A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.