Bredli Barkola «Liverpul»ga o'tishi mumkin

«PSJ» vingeri Bredli Barkola «Liverpul»ga o'tishi mumkin. Angliya grandi anchadan beri «RB Leyptsig» a'zosi Yan Diomandega qiziqish bildirib kelayotgan edi, biroq 19 yoshli ivuarlik futbolchini sotib olish uning yuqori narxi (taxminan 100 mln evro) va kuchli raqobat tufayli oson bo'lmaydi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, agar Diomande «PSJ»ga o'tishni afzal ko'rsa, «Liverpul» katta ehtimol bilan Barkola nomzodiga e'tibor qaratadi.
Transfermarkt ekspertlari talqiniga ko'ra, 23 yoshli frantsuzning narxi 70 mln evroni tashkil etadi, uning parijliklar bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Mish-mishlarga ko'ra, Barkolaga Londonning «Arsenal» klubi ham da'vogarlik qilmoqda.