UEFA rahbariyati Isroil terma jamoalari va klublarini Evropaning futbol musobaqalaridan chetlatish masalasini kun tartibiga qo'ymoqchi. Bu haqda Evropaning ko'plab ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi.

Tashkilot ushbu masalani UEFAga a'zo mamlakatlar o'rtasida ovozga qo'ymoqchi. Ushbu masala qachon kun tartibiga kiritilishi haqida hozircha ma'lumot berilmadi.

Manba: stadion.uz