«Braziliyalik sehrgar» joriy yilgi «Oltin to'p» g'olibiga sovrinni topshiradi

"Barselona" va Braziliya terma jamoasi afsonasi Ronaldino "Oltin to'p" topshirish marosimida g'olibni taqdirlaydi. Bu haqda El Partidazo de COPE jurnalisti Dani Xil ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, tashkilotchilar Ronaldinoni tanlashga qaror qilganining sababi, bu yil braziliyalikning o'zi birinchi va yagona "Oltin to'p"ni qo'lga kiritganiga roppa-rosa 20 yil to'ldi.
France Football jurnali tomonidan tashkil etilgan taqdirlash marosimi 22 sentyabr, dushanba kuni bo'lib o'tadi. Tadbir Parijda bo'lib o'tadi.
"Oltin to'p"ning amaldagi sohibi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandes hisoblanadi.