Braziliya Yaponiya bilan o'yin oldidan yulduz vingeridan mahrum bo'ldi

Braziliya terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 doirasidagi navbatdagi uchrashuvda yulduz vinger Rafinyaning xizmatlaridan foydalana olmaydi. Bu haqda Globo jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, hujumkor yarim himoyachi sonining orqa mushagi jarohatlangani sababli Yaponiya terma jamoasiga qarshi kechadigan 1/16 final bahsida ishtirok etmaydi. Rafinya ushbu jarohatni mundialning guruh bosqichidan o'rin olgan Gaiti terma jamoasiga qarshi uchrashuvda (3:0) orttirib olgan edi.
Agar Karlo Anchelotti shogirdlari keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kirita olishsa, futbolchi 1/8 final uchrashuvlariga qadar safga qaytishi kutilmoqda.
Braziliya va Yaponiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv dushanba kuni, 29 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar