Braziliya terma jamoasining samolyoti vatanga bortida faqat bir o'yinchi bilan qaytdi — manba

Braziliya terma jamoasi JCh-2026dan chiqib ketganidan so'ng vataniga bittagina o'yinchi — «Flamengo» himoyachisi Danilo Luis da Silva bilan qaytdi. Bu haqda Folha de S.Paulo nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Braziliya terma jamoasining barcha 26 nafar futbolchisi JCh-2026 1/8 finalida Norvegiyaga (1:2) qarshi kechgan mag'lubiyatdan so'ng darhol javob berib yuborilgan. Biroq ko'plab o'yinchilar boshqa mamlakatlarga uchib ketishga qaror qilishgan. Ular u erda ta'til o'tkazadilar yoki keyinroq mavsumoldi tayyorgarlik uchun o'z klublariga qo'shilishadi.
Bosh murabbiy Karlo Anchelotti mag'lubiyatdan bir kun o'tib, oilasining uyi bo'lgan Kanadaga jo'nab ketdi.
1/8 finalda Norvegiyaga imkoniyatni boy berib, Braziliya terma jamoasi XXI asrda jahon chempionatlaridagi eng yomon natijasini qayd etdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar